Dasturchidan...
Hozirda, lotindan kirillga yoki aksincha tarjima qiladigan dasturlar koʻp. Lekin, ularning hech biri matnni 99 foizga toʻgʻri tarjima qilib bermaydi. Men ishontirib aytamanki, ushbu programma hech qanday xatoliksiz tarjima qiladi.
- Odatda boshqa programmalarda “Oʻ”, “Q”, “H”, “Sh” va “Ch” harflarini boshqa alifboga oʻtkazishda xatoliklar boʻladi, eʼtiboringizga havola etilgan dasturda esa ushbu jixatlar eʼtiborga olingan va xatolik boʻlmasligi uchun grammatik qoidalar asosida ishlangan.
- Mazkur dasturda matnning uzunligiga hech qanday cheklovlar yoʻq. Siz bir vaqtning oʻzida bir necha varoq matnni tarjima qilishingiz mumkin.
- Yana bir muhim jixat. Programmaga matn kiritishdan oldin harflarni qaysi alifboga oʻtkazish kerakligini tanlashingiz shart emas. Dasturning oʻzi avtomatik ravishda kirilldagi matnni lotinga, lotinchadagisini kirillga oʻtkazib beradi.